Jumladan, odamlarning ishonchiga tez kirish ilinjida pul topish yo’lini o’rgatadigan soxta treder qo’lga olindi.
S. Esonov — 2000 yil 27 mayda Samarqand viloyati, Narpay tumanida tug‘ilgan. Tumanning “Muqimiy” mahallasida doimiy yashab kelgan.
U iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar turkumiga kiruvchi axborot tizimidan, shu jumladan, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda takroran firibgarlik, ya’ni aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish jinoyatni qasddan sodir qilgan.
S. Esonov fuqarolarni aldash va ishonchini suiiste’mol qilish yo‘li bilan o’z cho’ntagini to’ldirish ilinjiga kiradi. U axborot texnologiyalaridan foydalanib, 2023 yilning 26 iyun kuni Telegram ijtimoiy tarmog‘ida “Gold-trade-company” nomli onlayn treding o‘quv kursini tashkil qiladi. Vaholangki, u bu sohaga yoshlar orasida talab yuqori ekanini yaxshi bilgan. onlayn kursida fuqarolarga kriptovalyuta bozorida oson pul topish darslarini o‘tishini targ‘ib qiladi. Telegram ijtimoiy tarmog‘ida Toshkent shahar, Yashnobod tumanida yashovchi fuqaro E.M bilan tanishib, uni ishonchiga kirib, bir yil kriptovalyuta bozorida oson pul topishni, kriptovalyuta kompaniyalarida hisob raqam ochib berib pullarini ko‘paytirishiga yordam qilishini vada qiladi. Evaziga O‘zbekston Respublikasi milliy valyutasi, so‘mga nisbatan 5 mln 191 ming 996 so‘mga teng bo‘lgan 400 (to‘rt yuz) AQSh dollar miqdoridagi pullarini o‘zini nomiga rasmiylashtirilgan bank kartasiga o’tkaztiradi. Bu sohada dars berish bo‘yicha huquqiy maqomga ega bo‘lmasada bir oy aldov yo‘li bilan dars mashg‘ulotlari o‘tib, pullarini o‘z extiyojlariga ishlatib yuborgan.
Ushbu bilan S. Esonov o‘zining axborot tizimidan shu jumladan, axborot texnologiyalaridan foydalanib firibgarlik, ya’ni aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritishda ifodalangan jinoiy xatti-harakatlarni sodir etadi.
Unga O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “g” bandida ko‘rsatilgan og‘ir jinoyatlarni qasddan sodir qilganlik uchun jinoiy ish ochilgan.
O’lmas AHMEDOV,
Paxtachi tumani IIB huzuridagi TB katta tergovchisi, mayor.
30.04.2025