Endilikda yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarda liftlar to‘liq talabga javob bermasa, bino foydalanishga topshirilmaydi.
1 maydan boshlab Qurilish vazirligi “Xavfsiz lift” elektron platformasini ishga tushirgan edi. Endilikda har bir lift:
• Nazoratdan o‘tadi,
• Kuzatuv kamerasi va ikki tomonlama so‘zlashuv tizimiga ega bo‘lishi kerak,
• QR-kod o‘rnatiladi — fuqarolar bu orqali lift haqida to‘liq ma’lumot oladi.
Agar liftga oid hujjatlar to‘liq bo‘lmasa, uy bitmagan hisoblanadi va foydalanishga topshirilmaydi.