O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-martdagi farmoyishi eʼlon qilindi. Unga ko‘ra, 2023-yilda respublika hududlarida aholi xonadonlariga kichik quvvatli quyosh panellarini o‘rnatishni rag‘batlantirish bo‘yicha “Quyoshli xonadon” dasturi amalga oshiriladi.
Ushbu dastur asosida mamlakatimiz hududlarida 36,6 mingta aholi xonadonlarida umumiy quvvati 182,1 MVt bo‘lgan quyosh panellarini o‘rnatiladi.
“Quyoshli mahalla” tanlovi g‘oliblari quyidagi tartibda mukofotlanadi:
– Respublika bo‘yicha bosh sovrin – bazaviy hisoblash miqdorining 1200 baravari (360 mln so’m) miqdorigacha bo‘lgan qiymatdagi elektromobil;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining har biri bo‘yicha:
1-o‘rin – BHMning 400 baravari (120 mln so’m) miqdorigacha bo‘lgan qiymatdagi 10 kVt quvvatli quyosh fotoelektr tizimini o‘rnatib beriladi;
2-o‘rin – BHMning 200 baravari (60 mln so’m) miqdorigacha bo‘lgan qiymatdagi 5 kVt quvvatli quyosh fotoelektr tizimini o‘rnatib beriladi;
3-o‘rin- BHMning 100 baravari (30 mln so’m) miqdorigacha bo‘lgan qiymatdagi 3 kVt quvvatli quyosh fotoelektr tizimini o‘rnatib beriladi.
Tanlov 2023-yil 15-martdan 1-iyunga qadar o‘tkaziladi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, mahalla (qishloq, ovul) fuqarolari yig‘inlari miqyosida o‘tkaziladi hamda 14 ta hududning har biri bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.