O’zbek-afg’on chegarasidagi neytral orolchada hashorotlar ko’paymoqda

O’zbek-afg’on chegarasidagi neytral orolchada hashorotlar ko’paymoqda

O‘zbekiston va Afg‘oniston davlatlari chegarasidagi neytral joylashgan Amudaryo ichkarisidagi kichik orolchalarda zararkunda hashorotlar ko‘payib ketgani aytildi. Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati shu sababli chegara hududda yoqish ishlarini amalga oshirganini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, ushbu zonada paydo bo‘lgan qamishzorlarda turli kasalliklar tashuvchisi hisoblangan zararkunanda hashorotlar ko‘payishi va yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish uchun rejali tartibda yoqish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur ish mutasaddi idoralar ruxsati hamda mas’ul organlarning o‘zaro kelishuvi asosida amalga oshirilib, yong‘in to‘liq nazoratga olingan.

“Fuqarolardan ortiqcha vahimaga berilmaslikni, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan esa aholi o‘rtasida vahima keltirib chiqaruvchi yolg‘on axborotlarni tarqatmaslikni so‘raymiz”, deyiladi hokimlik xabarida.

Aytish joizki, dunyo dehqonchiligida mavsumga qarab har yili yetishtiriladigan ekinlarning kasallik, zararkunanda hamda hasharotlar bilan zararlanishi kuzatiladi va ularga qarshi kurashlar olib boriladi.

Zararkunanda va hasharotlarga qarshi biologik kurash ishlarini amalga oshirish yoki ularni yoqib yuborish orqali kurashish mumkin.

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Kelayotgan yoz o‘zbekistonliklarni nima kutmoqda?

Bugun insoniyat iqlim oʻzgarishlari haqida shunchaki nazariy muloqotlar qiladigan davrdan oʻtib boʻldi. Dunyo meteorologiya markazlari, xususan, AQSHning Okean va atmosfera tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA) dahshatli ogohlantirish bilan chiqdi. 2026-yilning ikkinchi yarmida sayyoramizda oʻta kuchli “Super El-Ninyo” anomaliyasi boshlanadi. Bu global ob-havo zanjirining buzilishi va harorat rekordlarining yangilanishini anglatadi.