Dorixonalarda tayyorlab beriladigan suyuq preparatlar 2-3 kun, kukun holida suv aralashtiriladigani esa 12-14 kungacha qoʻllanishi mumkin.
Albatta, ular muzlatkichda turishi kerak. Agar suyuq preparat yuzasida koʻpik yoki rang xiralishishi kuzatilsa, undan voz keching!
Muddati oʻtgan dorilarni esa kanalizatsiya quvurlariga oqizish mumkin emas. Yaxshisi, qutisiga solib, ogʻzini berkiting-da, chiqindi chelagiga tashlang.
Muattar Xoʻjayeva,
Farmatsevtika fanlari
nomzodi, dotsent.