1-maydan bazaviy hisoblash miqdori 300 ming soʻmdan 330 ming soʻmga oshirildi
Bugundan boshlab bazaviy hisoblash miqdoriga bogʻlangan toʻlovlar ham oshdi. Ular qatoriga maʼmuriy jarimalar, soliqlar, davlat bojlari va shu kabi boshqa toʻlovlar kiradi. Ilgari 1 “minimalka” jarima 300 ming soʻm boʻlgan boʻlsa, 1-maydan 330 ming soʻm boʻldi.
1-maydan maʼmuriy jarimalar 15 kun ichida toʻlansa, 50 foiz chegirma ham qoʻllaniladi.
Shuningdek, ugundan respublikaning barcha shaharlarida bepul yurish huquqini beruvchi transport kartalarini berish boshlanadi
2023-yil 1-maydan eʼtiboran shahar yoʻlovchilar transportida (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini berish respublikaning barcha shaharlarida amalga oshiriladi.
Imtiyozli transport kartasini olish uchun hududiy transport boshqarmalariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qilinadi.
Mavzuga aloqador maqolalar bilan bu yerda tanishing:
1-may dunyo mamlakatlarida qanday kun?
1-maydan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori oshiriladi