Yo’llardagi mashinalar harakatlanish tezligi 70 km/s ga qaytmoqdami?

Yo’llardagi mashinalar harakatlanish tezligi 70 km/s ga qaytmoqdami?

Ijtimoiy tarmoqlarda yo’llarda harakatlanish tezligi soatiga 70km/s ga qayta tiklanganligi haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining axborot xizmati quyidagicha bayonot bilan chiqmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi 27-son Farmoniga koʻra, 1-apreldan boshlab Toshkent va Nukus shaharlarida hamda viloyatlar va tumanlarning markazlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushirilishi belgilandi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 140-son Qarori bilan Yoʻl harakati qoidalariga oʻzgartirish kiritildi. Ushbu qoida hozir amalda.