Referendum — 2023. MSK yakuniy natijalarni e’lon qildi

Referendum — 2023. MSK yakuniy natijalarni e’lon qildi

Markaziy saylov komissiyasi qonun buzilish holatlari aniqlanishi natijasida bir necha saylov uchastkalarida berilgan ovozlarni bekor qildi. Natijada yakuniy natijalarda dastlabki e’lon qilingan raqamlarga qaraganda kichik o‘zgarishlar kuzatildi.

Unga koʻra, kecha oʻtkazilgan referendumda 16 667 097 nafar (84,51%) ovoz beruvchi qatnashdi. Jumladan, 611 320 kishi muddatidan oldin ovoz bergan.

Ularning 15 034 608 nafari (90,21%) qonunni maʼqulladi.

Ovoz beruvchilarning 1 558 817 nafari (9,35%) yangi tahrirdagi Konstitutsiyani maʼqullamadi.

73 672 ta byulleten yaroqsiz deb topilgan.