Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida 9-sinf oʻquvchisi oʻz joniga qasd qildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, voqea 21-aprel kuni yuz bergan. Olmaliq shahar xalq taʼlim boʻlimiga qarashli umumtaʼlim maktabining 9-sinf oʻquvchisi I.T. oʻz joniga qasd qilgan.
Ayni paytda holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.